Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot sohasi xodimlarini taqdirladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, ular mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtikani rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli ta’minlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan diagnostika va davolash amaliyotida zamonaviy, yuksak texnologik usullarni keng qo‘llash, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni 

  • Karomat Abdunazarova –Paxtakor tumanidagi “Mingchinor” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Jizzax viloyati;
  • Baxtiyor Berdaliyevich Ergashev – Respublika perinatal markazining chaqaloqlar neonatal xirurgiyasi bo‘limi mudiri.

“Mehnat shuhrati” ordeni 

  • Maxammat Mamirovich Ziyayev – Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshloq tumani bo‘limi haydovchisi, Farg‘ona viloyati;
  • Shuhrat Boisovich Irgashev –Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi preventiv tibbiyot–valeologiya asoslari kafedrasi professori;
  • Ra’no Abdullayevna Yoqubova – Tuproqqal’a tumanidagi “Shixlar” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Xorazm viloyati.

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni 

  • Abdigaffar Gadayev - Toshkent davlat tibbiyot universitetining oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori;
  • Mels Kabulov – Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

  • Kimiyo Kushanovna Abdusalomova  – Ko‘kdala tumanidagi “Guliston” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Qashqadaryo viloyati;
  • Murod Turg‘unovich Akbarov – Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri;
  • Marhaboxon Nosirovna Aliyeva – Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi mudiri, Farg‘ona viloyati;
  • Isoqul Sayidqulovich G‘afforov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Payariq tumani bo‘limi “Chelak” punkti haydovchisi, Samarqand viloyati;
  • Dodar Rahimovna Jabborova – Yashnobod tumanidagi “Lor mama” xususiy klinikasi bosh shifokori, Toshkent shahri;
  • Indira Oralbayevna Yerimbetova – Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkogematologiya bo‘limi mudiri;
  • Barnoxon Anvarovna Isaqova – Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi pediatri, Andijon viloyati;
  • Zamira Annaqulovna Nurova – Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri, Surxondaryo viloyati;
  • Bahodir Bahronovich Rahimov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Xatirchi tumani bo‘limi haydovchisi, Navoiy viloyati;
  • Zebo Isroilovna Suyarova – Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati.

I darajali “Salomatlik” ordeni

  • Risolat Sodiqovna G‘ulomova - Sayxunobod tumanidagi 21-oilaviy poliklinikasi patronaj doyasi, Sirdaryo viloyati;
  • Abduqayum Abduhalilovich Nazarov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Yangi Namangan tumani bo‘limi feldsheri, Namangan viloyati.

II darajali “Salomatlik” ordeni 

  • Jamila Ozodovna Aliyeva – Xiva shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokor-onkoginekologi, Xorazm viloyati;
  • Nusratjon Amiljonovich Alimjonov  – Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endokrin xirurgiya bo‘limi mudiri;
  • Uyg‘un Uchqunovich Oltiboyev  – Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi mudiri;
  • Orifjon Ne’matjonovich Ahmadjonov – Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri;
  • Muhamedzarif Muhamed Kabirovich Bahodirxonov – Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining operatsiya bo‘limi mudiri;
  • Mehriniso Abdulhamidovna Jumayeva - Qumqo‘rg‘on tumanlararo perinatal markazining chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi mudiri, Surxondaryo viloyati;
  • Javohir Ozodboyevich Jumaniyozov – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi mudiri;
  • Puxarbay Qazakbayevich Yesenbayev – Respublika tez tibbiy yordam markazining Qonliko‘l tumani bo‘limi avtokorxonasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Rajabbuvi Biyjanovna Imomberdiyeva – Chirchiq shahridagi “Dilchehra” xususiy klinikasi rahbari, Toshkent viloyati 
  • Doniyor Oltinovich Qurbonov – Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro viloyati;
  • Hoshim Narzimurodovich Qurbonov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Baxmal tumani bo‘limi haydovchisi, Jizzax viloyati;
  • Extibor Shukrulloyevna Mavlonova – Respublika tez tibbiy yordam markazining Zarafshon shahar bo‘limi shifokori, Navoiy viloyati
  • Gulparshin Imomaddinovna Madreymova – Taxtako‘pir tumanidagi “A.Odilov” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Mahkamjon Kozimovich Mahkamov – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining qon tomir neyroxirurgiyasi bo‘limi mudiri;
  • Anvar Samarovich Ochilov – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri;
  • Marina Yurevna Reshetnyak – Yakkasaroy tumanidagi 58-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent shahri;
  • Baxt Yerashimovich Rustamov – “Ezgu niyat” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yurak-qon tomir jarrohi, Toshkent shahri;
  • Gulnora Alobidinovna Sattorova – Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining proktologiya bo‘limi jarrohi;
  • Sunnatulla Sattorovich Safarov  – Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati;
  • Ravshan Panjiyevich To‘lakov – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filiali direktori;
  • Qosimjon Xolmirzayevich Umurzoqov – Andijon shahridagi “Great Medical” mas’uliyati cheklangan jamiyati shifokori, Andijon viloyati;
  • Bahodir Ravshanovich Hotamov – Respublika tez tibbiy yordam markazining G‘ijduvon tumani bo‘limi “Og‘itma” punkti haydovchisi, Buxoro viloyati.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Nigina Jahangir qizi Abas-zada – UNFPA tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili;
  • Komiljon Jo‘rayevich Avazov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Shahrisabz tumani bo‘limi haydovchisi, Qashqadaryo viloyati;
  • Ra’no Shodiboyevna Otajanova – Mirzacho‘l tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati;
  • Tatyana Aleksandrovna Varfolomeyeva – U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy asab kasalxonasi bo‘lim mudiri;
  • Gulnora Murodboyevna Jaybergenova – Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi neonatologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Korneliya Beker – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi sog‘liqni saqlash dasturi direktori;
  • Obeyd Mustafa – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kardioxirurgiya bo‘limi mudiri ;
  • Rexina Mariya Kastillo Rodriges – UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari;
  • Sankaves Dmitriy - Belarus Respublikasi “Ona va bola” ilmiy-amaliy markazining bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi;
  • Lyudmila Vyacheslavovna Suxova – Respublika tez tibbiy yordam markazining Bo‘stonliq tumani bo‘limi katta feldsheri, Toshkent viloyati;
  • Dilfuza Mamadaliyevna Turdaliyeva – Pop tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi katta hamshirasi, Namangan viloyati;
  • Xalak-Dina Ashina – Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari;
  • Sulaymonqul Ibragimovich Yusupov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi.

“Sog‘lom turmush” medali

  • Muqaddas Binoyevna Avazova – Angor tumanidagi “Q.Tulakov” oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Surxondaryo viloyati;
  • Zoir Yo‘ldoshevich Jumanov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Gurlan tumani bo‘limi haydovchisi, Xorazm viloyati;
  • Sadoqat O‘ktamovna Jo‘rayeva – Navoiy shahridagi “Logo Effect Sadoqat” imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan xususiy muassasasi rahbari, Navoiy viloyati;
  • Sanobar Qurbonboyevna Qambarova – Sardoba tumanidagi 26-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Sirdaryo viloyati;
  • Hulkarxon Sadriddinovna Kamolova – Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 61-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Namangan viloyati;
  • Komil Olimjonovich Karimov – Parkent tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati;
  • Radxa Rahmatullayevna Qurbonova – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi mudiri;
  • Munira Qahramonovna Qo‘chqorova – Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktorining o‘rinbosari;
  • Shahnoza Zokirovna Mavlonova – Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy laboratoriyasi mudiri;
  • Erkinoy Qoziyevna Marimova – Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining chaqaloqlar bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Nodira Tolibovna Mehmonaliyeva – Dang‘ara tumanidagi 31-oilaviy poliklinikasi mudiri, Farg‘ona viloyati;
  • Adolat Otaboyevna Polvonova – Yangiariq tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi, Xorazm viloyati;
  • Mamlakat Ikromovna Rajabova – Romitan tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Buxoro viloyati;
  • Nuriddin Sarayevich Toshboyev – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining strategik rejalashtirish, axborot-tahlil va ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i;
  • Bahrom Yaminovich Umarov - Andijon viloyati ftiziatriya klinik shifoxonasining davolash bo‘limi ftiziatri;
  • Ro‘ziqul Anorqulovich Fozilbekov – Toshkent shahridagi “Akfa medline” klinikasining ginekologiya bo‘limi mudiri;
  • Gulnora Jasurovna Yo‘ldosheva – Respublika tez tibbiy yordam markazining Jizzax viloyati filiali shifokori;
  • Saminjon Absattorovich Yusupov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Quyi Chirchiq tumani bo‘limi haydovchisi, Toshkent viloyati;
  • Feruza Nuriddinovna Yaxshiliqova – Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Samarqand viloyati.

“Kelajak bunyodkori” medali 

  • Edvard Erikovich Ahmadiyev – Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusher-ginekologi;
  • Kamoliddin Alisher o‘g‘li Olimjonov  – Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining transplantatsiya bo‘limi shifokor-gematologi;
  • Doniyorbek Baxtiyor o‘g‘li Rajabov – Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining lor shifokori.

“Shuhrat” medali 

  • Muhabbat Xolmatovna Ashirova – Respublika tez tibbiy yordam markazining Yunusobod tumani bo‘limi shifokori, Toshkent shahri;
  • Abdug‘affor G‘ulomovich Ashurov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Chust tumani bo‘limi “Axcha” punkti haydovchisi, Namangan viloyati;
  • Dilshoda Rabbimovna Jabborova – Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi xo‘jalik bekasi, Navoiy viloyati;
  • Nasridinbek Rasulovich Ibragimov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Andijon viloyati filiali haydovchisi;
  • Ro‘zimurod Elomonovich Kazakov – Koson tumanidagi “Andabozor” oilaviy shifokorlik punkti o‘rta tibbiyot xodimi, Qashqadaryo viloyati; 
  • Mavluda Razikovna Qurbonova – “Buxoro dori-darmon” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 1-markaziy dorixonasi bo‘lim boshlig‘i, Buxoro viloyati;
  • Abrorxon Saidmusayevich Mahmudov – Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi mudiri;
  • Umid Mirkomil o‘g‘li Mirzaidov – “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisining guruh rahbari
  • Furqatjon Nosibjonovich Samadov – Bolalar milliy tibbiyot markazining nevrologiya bo‘limi shifokor-nevrologi;
  • Ahror Zuvaydillo o‘g‘li Safarov – Milliy tibbiyot markazining transplantologiya va angioxirurgiya bo‘limi mudiri;
  • Alijon Tursunboyevich Sultonov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent shahar filiali haydovchisi;
  • Sherzod Xolmamatovich Toshmamatov – Guliston tibbiyot klasterining nefrologiya-gemodializ bo‘limi shifokori, Sirdaryo viloyati 
  • Sevara Orifjon qizi Temirova – Qo‘shrabot tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj doyasi, Samarqand viloyati;
  • Husniddin Numonjonovich Toshboyev – Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;
  • Bobur Botir o‘g‘li To‘rayev – Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi kardioxirurgiya bo‘limi kardiojarrohi;
  • Ilhomjon Kamolovich Tursunqulov – Milliy tibbiyot markazining intervension aritmologiya bo‘limi mudiri;
  • Hasanjon Shavkatovich Husanboyev – Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining operatsiya bo‘limi oftalmologi;
  • Kenja Gulboyevich Elamonov – Respublika tez tibbiy yordam markazining Uzun tumani bo‘limi haydovchisi, Surxondaryo viloyati;
  • Aziz Rahimberdiyevich Esonov – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi mudiri
  • Mufazzalxon Shokirovna Yo‘ldosheva - Xo‘jaobod tumanidagi “To‘raobod” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Andijon viloyati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan ularga tabrik yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing