Shavkat Mirziyoyev Belarus Bosh vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchinni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Hamkorlikda, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada yuqori darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. O‘tgan yili tovar ayirboshlash 25 foizga o‘sib, qariyb 1 milliard dollarga yetgan. Yetakchi kompaniyalarning ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiyasi kengayib bormoqda.

Mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish orqali iqtisodiy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish muhim ekani ta’kidlangan.

Shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Belarus' Aleksandr Turchin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing