Shavkat Mirziyoyev BAAga tashrif buyurganidan mamnunmiz – Dubay amiri

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zbek tilida Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga uyushtirgan tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi.

“Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan buyurganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi”, deydi Shayx Muhammad Ol Maktum Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Shayx Muhammad Ol Maktum muzokaralari yakunida imzolangan hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qo‘shma investitsion kompaniya tashkil etish to‘g‘risida shartnoma, Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish va zamonaviy agroklaster tashkil etish to‘g‘risida bitimlar, qishloq xo‘jaligi va logistika sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar shular jumlasidan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Dubay Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing