Shavkat Mirziyoyev BAA rahbariyatiga ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
15 may 2022
11699Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari yangi Prezidenti Muhammad bin Zoid al-Nahayon, Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid al-Nahayon hamda Bosh vazir o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Mansur bin Zoid al-Nahayon bilan uchrashib, ularga ta’ziya bildirdi.
Bugungi ta’ziya marosimida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq, Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet, jami 40 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon joriy yilning 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.
Uning o‘rniga bugun, 14 may kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayonni mamlakatning yangi Prezidenti etib saylandi.
LiveBarchasi