Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni 3 iyul – Belarus davlatining Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Belarus Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Belarusning davlat va jamiyat qurilishi, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashdagi ulkan muvaffaqiyatlarini alohida ta’kidladi.

“Yirik mintaqaviy multisport forumi – Yevropa o‘yinlarining Minskda muvaffaqiyatli o‘tkazilishi buning yana bir isboti bo‘ldi. An’anaviy rivojlanib kelayotgan o‘zbek-belorus do‘stlik va sheriklik aloqalarini alohida mamnuniyat bilan qayd etishni istardim”, degan Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat o‘rtasida savdo aylanmasi bir necha marta o‘sganini, iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘shma kooperatsiyalar rivojlanib borayotganini ta’kidlagan.

Aleksandr Lukashenkoga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Serbiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkiya, Venesuela, Germaniya, Koreya Respublikasi, Avstriya, Latviya, Bolgariya, Vengriya, BAA, Turkmaniston, Vetnam, Singapur, Falastin Prezidentlari, Kuba Davlat kengashi va Vazirlar Kengashi raisi, Rossiya va Armaniston Bosh vazirlari tabrik yo‘llagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing