Shavkat Mirziyoyev 3 kunlik tashrif bilan Qozog‘istonga boradi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2022 7805 1 daqiqa
Joriy hafta o‘rtasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrif bilan boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi.
Davlat rahbari 11 oktyabr kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi.
12-14 oktyabr kunlari davlat rahbari Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammitida, MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” Sammitida ishtirok etadi.
Shuningdek, Prezident xorijiy davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Prezident mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan qator muhokamalar o‘tkazadi.
Oysha Turg‘unpo‘latova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025