Shavkat Mirziyoyev 2 trln so‘mlik loyihalar bilan tanishdi 

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan savdo, sanoat va servis majmuasining qurilish maydonida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, 37 gektar maydonda umumiy qiymati 2 trillion 79 milliard so‘mlik 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ulardan birinchisi – avtomobillar ehtiyot qismlari bozori yaqinda ishga tushiriladi. 11 gektarni egallagan savdo do‘konlarida esa 3 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Qayd etilishicha, ayni paytda hududda gazoblok, penoplast, ohak va zichlagich ishlab chiqarish korxonalari qurilishi olib borilmoqda. Ular shu yil oxirida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Shuningdek, kelgusi yillarda “Ko‘ksaroy avtomoll” savdo va ko‘ngilochar markazi, oynaga ishlov berish, plastik va alyumin romlar korxonasi qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Bildirilishicha, ushbu loyihalarda o‘n mingga yaqin aholi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Davlat rahbari buning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, loyihalarni tezlashtirish, shu yerning o‘zida ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, ishsiz aholi bandligini ta’minlash muhimligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing