Shavkat Mirziyoyevning surati xalqaro siyosiy jurnal muqovasidan joy oldi!

Jamiyat

image

Osiyo Jurnalistlari Assotsiatsiyasi nashri - MagazineN xalqaro siyosiy jurnalining 2019 yil Yanvar soni muqovasidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning surati joy oldi.
 
Siyosat bobida Osiyoda 2018 yilning odami deb topilgan Mirziyoyevning Yangi yil tabrigi bayoni hamda undan kelib chiqadigan xulosalar ham jurnal o‘quvchilari hukmiga keng taqdim etildi. Bu haqda Osiyo Jurnalistlari Assotsiatsiyasi ijrochi direktori Dilmurod Jumaboyev o‘zining Facebook’dagi  sahifasida ma’lumot berdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlar assotsiatsiyasi (AJA) tomonidan 2018 yilda “Osiyoda yil odami” deb topilgani, O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyoda tinchlik o‘rnatish va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga harakat qilgani uchun bu mukofotga munosib ko‘rilgani haqida o‘tgan yil so‘ngida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

ShavkatMirziyoev Osiyodayilodami Osiyojurnalistlarassotsiatsiyasi

Baholaganlar

390

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing