Shavkat Mirziyoyev Navoiyga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida bugun, 12 mart kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. 

Davlat rahbari barcha hududlar kabi Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirishga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. 2017 va 2018 yillardagi tashriflar chog‘ida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. 

Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy ob’ektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing