Sharqshunoslik instituti rektori o‘zgardi
Jamiyat
−
28 iyun 2019
15440Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti rektori Abdurahim Mutalovich Mannonov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Abdurahim Mannonov o‘rnini Gulchehra Shavkatovna Rixsiyeva egalladi.
Rixsiyeva Gulchexra Shavkatovna 1971 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Gulchehra Rixsiyeva avval ToshDSHIda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi