Sharqiy Germaniyaning aziyat chekayotgani aytildi
Olam
−
07 Sentabr 2019
2954“Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga javoban Rossiya tomonidan kiritilgan cheklov choralari birinchi navbatda Germaniyaning Tyuring federal yeri qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazyapti va biz Moskva bilan dialogni rivojlantirishimiz kerak”, dedi Germaniya xristian-demokratik ittifoqining Germaniyaning Tyuring federal yeridagi bo‘limi rahbari Mayk Moring. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning sharqiy qismidagilar Rossiya bilan munosabatlar yana tiklanishini kutmoqda. "Germaniya-Rossiya munosabatlari mamlakat g‘arbiga qaraganda yaqinroq", dedi Moring.
2014 yilda Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi voqealar va Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi bilan Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kiritdi.
Cheklov choralari bir necha bor kengaytirilib, uzaytirildi. Vizasiz rejim va muzokaralar olib boriladigan yangi asosiy kelishuv bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi, Rossiya Federatsiyasining mansabdor shaxslari uchun Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlandi va ularning mol-mulki muzlatildi, tijorat, moliyaviy va harbiy xarakterdagi cheklovchi choralar joriy etildi.
Bunga javoban Rossiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi.
LiveBarchasi