Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
Jamiyat
−
02 noyabr
5545Lufthansa aviakompaniyasining Myunxendan Shanxayga uchayotgan LH-726 reysi Toshkent aeroportiga 08:13 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashishi, qon bosimining beqarorligi sabab bo‘lgan. 57 yoshli Italiya fuqarosi bort qo‘nganidan so‘ng darhol poytaxt tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.
Soat 10:04 da LH-726 reysi Toshkent aeroportidan Shanxayga parvozini davom ettirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandga uchayotgan samolyot Bakuga favqulodda qo‘ngandi. Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashishi sabab bo‘lgan. Samolyot mahalliy vaqt bilan 21:07 da Bakudan Samarqandga uchib ketgan.