Shamsiddin Tojiyev Oliy sud sudyasi lavozimidan bo‘shatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Shamsiddin Tojiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Shamsiddin Tojiyev 2019 yilning oktyabrida 10 yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylangan edi.

Ma’lumot uchun, Shamsiddin Tojiyev 1979 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Mutaxassisligi – huquqshunos. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2003 yilda shu institutning magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Oliy sudda maslahatchi lavozimidan boshlab, Oliy sudning turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2008-2013 yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi sudyasi, 2013-2015 yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi bo‘lgan. 2015 yildan Oliy sud sudyasi lavozimiga saylanguniga qadar Uchtepa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Shamsiddin Tojiyev endilikda qaysi ishga o‘tishi noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud sud'yasi Shamsiddin Tojiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing