Shamol sabab bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘nolmadi

Jamiyat

image

Toshkent aeroportida shamol yo‘nalishining o‘zgarishi tufayli mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Toshkentga qo‘nishi kerak bo‘lgan ba’zi samolyotlar Samarqand aeroportiga yo‘naltirilgan. Jumladan:

  • “Qanot Sharq” aviakompaniyasining Kamran - Toshkent yo‘nalishidagi HH-2232 reysi (qo‘nish 16:35 da);
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9732 Maxachqal’a - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha (qo‘nish soat 16:42);
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Dehli - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-424 (qo‘nish 16:51) Samarqanddagi zaxira aerodromiga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, Air Astana aviakompaniyasining Ostona - Toshkent yo‘nalishidagi KC-123 reysi Turkistondagi zaxira aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da vaziyat barqarorlashgan, Toshkent aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha cheklovlar bekor qilingan. 

“Aeroport odatdagi tartibda ishlamoqda. Zaxira aerodromlarga qo‘ngan samolyotlar Toshkentga uchishga tayyorlanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing