“Shalpangquloq kubok”ning 1/8 finaliga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 18 dekabr kuni Shveysariyaning Non shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 1/8 finaliga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, joriy musobaqada g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan Madridning “Real” klubi bilan Germaniyaning “Leypsig” klubi to‘qnashadigan bo‘ldi. Amaldagi chempion Angliyaning “Manchester Siti“ klubi esa chorak finalga chiqish uchun Daniyaning “Kopengagen” jamoasi bilan bahs olib boradi.

Qur’a natijalari:

“Portu”-“Arsenal”;
“Napoli”-“Barselona”;
PSJ-“RealSosedad”;
“Inter”-“Atletiko”;
PSV-“Borussiya Dortmund”;
“Latsio”-“Bavariya”;
“Kopengagan”- “Man Siti”;
“Leypsig”-“Real”.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum YeCHL finaliga Angliya poytaxti London shahri mezbonlik qiladi. Hal qiluvchi o‘yin afsonaviy “Uembli” stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing