Shakira Pikening xiyonatini qanday payqaganini aytdi

Sport

image

Ispaniyalik taniqli futbolchi Jerar Pikening sobiq rafiqasi kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira Pikening xiyonati haqida qayerdan xabar topgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “FourFourTwo” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi gastroldan qaytgach, uning sevimli murabbosini boshqa birov yeganini payqagan. Ta’kidlanishicha, Pike qulupnay murabbosini yoqtirmaydi, shuning uchun Shakira turmush o‘rtog‘inini xiyonat qilgan, deb gumon qilgan.

Pike va Shakira 2022 yilning yozida ajrashdi. 

Ma’lumot uchun, 12 yanvar kuni xonanda sobiq turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlangan yangi kompozitsiyani taqdim etgan edi. Qo‘shiqda asosan Pike va uning qiz do‘sti Klara Chia Marti masxara qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli ispaniyalik futbolchi 2022 yilning noyabrida professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shakira Pike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing