Shakira Pikega farzandlaridan “voz kechishi” uchun pul taklif qildi
Sport
−
15 iyul 2022
11015“Barselona” futbolchisi Jerar Pike va kolumbiyalik xonanda Shakira farzandlari kim bilan yashashi borasida kelisha olmayapti. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qo‘shiqchi “Barselona” himoyachisi bilan ajrashgandan so‘ng, ikki farzandi o‘zi bilan birgalikda Mayamida yashashini xohlaydi. Shakira Pikega bolalarning barcha xarajatlarini zimmasiga olishni va ularning AQSHga ko‘chib o‘tishini tashkil qilishni taklif etgan. Shuningdek, kolumbiyalik xonanda Jerarga taxminan 2,5 million yevro pul ham bermoqchi. Bu esa Pikega Ispaniyadagi huquqiy muammolar tufayli yuzaga kelgan qarzlarini qoplash uchun yetadi.
Qayd etilishicha, Shakira Pikega farzandlarining tarbiyalanishi uchun 1 sent ham to‘lmasligi to‘g‘risida va’da bergan. Qolaversa, “Barsa” himoyachisi farzandlarini ko‘rish uchun Mayamiga 5 marta borishi va yozgi ta’tilni ular bilan birgalikda o‘tkazishi mumkin. Hozircha Pike Shakiraning barcha takliflarini rad etgan.
Avvalroq, Shakira Pikening shaxsiy hayotiga bog‘liq ma’lumotlarni ommaga oshkor qilish bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi