Shakira Pikega tahdid qildi

Sport

image

Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira o‘rtadagi munosabatlarini uzgan “Barselona” himoyachisi Jerar Pikening obro‘siga putur yetkazish niyatida. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shakira Pike haqida faqatgina o‘zi biladigan ba’zi sirlarini oshkor qilish va himoyachining shaxsiy hayotiga doir hozirgacha noma’lum bo‘lgan tafsilotlarni ommaga gapirib berish bilan tahdid qilgan. Kolumbiyalik xonanda o‘zining advokatlar jamoasi bilan bu borada qattiq ishlamoqda va ular Pikega zarba berishga tayyor.

Qayd etilishicha, Shakiraning jamoasi Jerarning xulq-atvoridagi barcha ma’lumotlardan xabardor va ular bu haqda batafsil hisobot tuzmoqda. Shuningdek, Pike Shakira tomonidan obro‘siga putur yetkazilishi mumkinligini yaxshi anglab turibdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Pike va Shakira farzandlarining qayerda yashashi borasida kelisha olmayapti. Agar ushbu kelishmovchilik ishi sudgacha boradigan bo‘lsa, “Barselona” himoyachisi farzandlarining mashhur xonanda bilan yashashiga ko‘nishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Pike va Shakira 2011 yildan beri munosabatda bo‘lib kelmoqda, biroq juftlik rasman turmush qurmagan. Ularning ikki nafar farzandi bor.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing