Shaxsiy yozishmalardan tortib qo‘ng‘iroqlargacha: Britni Spirsga o‘z “oxrana”si josuslik qilgan

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik pop qo‘shiqchi Britni Spirsning sobiq xavfsizlik xodimi Aleks Vlasov 13 yil davomida unga josuslik qilib kelgani haqida gapirib berdi. Bu haqda “The New York Times” yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britni Spirsning otasi va xavfsizlik kompaniyasi xonandani kuzatgan va uning yotoqxonasidan yashirincha audio yozuvlar, shu jumladan uning farzandlari va yigiti bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlari va suhbatlarini yozib olgan. Vlasovga xonandaning xabarlarini shifrlash, so‘ngra uni otasi va sobiq biznes menejeri Robin Grinxillga yuborish topshirilgan.

Nashrning qayd etishicha, Vlasov o‘z so‘zlarini elektron pochta xabarlari va audio yozuvlar bilan asoslagan. Sobiq qo‘riqchining aytishicha, rahbariyat unga xonandani himoya qilish uchun bunday kuzatuv choralari zarurligini va uning o‘zi vasiylik ostida bo‘lishni xohlashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Netflix Britni Spirs haqida hujjatli filmi suratga olgan. U joriy yilning 28 sentyabr kuni ekranlarga uzatiladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

708

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing