Shaxmat. Jamoaviy bahslarda erkaklar yutqazdi, ayollar esa ajoyib g‘alaba qayd etdi

Sport

image

Bugun, 2 oktyabr kuni Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi klassik shaxmat bahslarining 4-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi hozircha peshqadam bo‘lib turgan eronlik shaxmatchilarga qarshi dona surdi. 

Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevlar o‘z partiyalarida durang o‘ynagan bo‘lsa, Javohir Sindorov yaxshi boshlagan  raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa peshqadam Eron termasiga 1,5-2,5 hisobida yutqazgan O‘zbekiston vakillarining chempionlik uchun kurashda imkoniyati pasayib ketdi.

 Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar janubiy koreyalik sportchilarni 4-0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Osiyo o'yinlari Janubiy Koreya Shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing