Shaxmat: Abdusattorovga kumush, Vohidovga oltin medal topshirildi
Sport
−
23 Sentabr
11842Vengriyada o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida taxtalar kesimi bo‘yicha medallar o‘z egalariga topshirildi.
Unga ko‘ra, 1-taxtada Nodirbek Abdusattorovga kumush, 4-taxtada Shamsiddin Vohidovga oltin, ayollar o‘rtasida 5-taxtada Nodira Nodirjonovaga kumush medal topshirildi.
Taxtalar kesimi bo‘yicha medallar shaxmatchilarning individual natijalari uchun taqdim etiladi. 4-taxtada 1-o‘rinni egallagan Shamsiddin Vohidov 9 ta bahsdan 5 tasida g‘alaba qozondi, 4 ta partiyada esa durang o‘ynab, mag‘lubiyatga uchramadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i O‘zbekistonga topshirilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi