Shaxmat. Abdusattorov Jahon chempionatida bronza medal uchun kurashadi

Sport

image

Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida shaxmat bo‘yicha "World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasi o‘z poyoniga yetib bormoqda. Guruh bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov yarim finalda amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi dona surdi.

4 partiya davom etgan yarim final o‘yinining uchta partiyasida Nodirbek Nakamuraga imkoniyatni boy berdi - 0:6. Nakamura musobaqaning "B" guruhida 2-pog‘onani qo‘lga kiritib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Endi amerikalik grossmeyster Jahon chempionati g‘olibligi uchun bahs olib boradi.

O‘zbekistonlik grossmeyster endi turnirda 3-o‘rin uchun kurashadi. Nodibekning raqibi norvegiyalik Magnus Karlsen yoki rossiyalik Yan Nepomnyashiy bo‘ladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shaxmat

Baholaganlar

73

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing