Prezident qaroriga asosan OAV bilan aloqalar yangi bosqichga ko‘tariladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2020 yil 1 iyulga qadar ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini ta’minlaydi. 

Bundan tashqari, davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi. Shuningdek, jurnalistlarning o‘z kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlari belgilanishini nazarda tutuvchi “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2020 yil 1 martga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularda jamoatchilik, xususan, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing