Shahzoda “Nur-Sultan Music Awards 2019” festivalida qatnashdi

Madaniyat-san’at

image

Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Nur-Sultan Music Awards 2019” xalqaro musiqa festivali yaqin va uzoq xorijning taniqli yulduzlarini bir sahnada to‘pladi. Unda o‘zbekistonlik xonanda Shahzoda ham ishtirok etdi.

"Baris Arena" muz saroyida poytaxt aholisi Grigoriy Leps, Svetlana Loboda, Raim va Artur, Lolita, Dima Bilan kabi taniqli rus estradasi yulduzlari qatorida o‘zbekistonlik taniqli xonanda, 40 yashar Shahzoda ham ishtirok etgan.   

“Golos” loyihasining oltinchi mavsumi g‘olibi Erjan Maksim ham ushbu festivalda ishtirok etdi. 

Yulduzlar poytaxtdagi tomoshabinlarga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirishdi va uzoq vaqt tomoshabinlar bilan xayrlashishni istamadilar. 

“Ushbu festival men uchun xalqlar o‘rtasidagi bog‘lovchi ko‘prik. Shuning uchun men qancha kuch va imkoniyatga ega bo‘lsam ham, bunday festivallarni har doim qo‘llab-quvvatlayman, ularda doim qatnashaman. Menga Nur-Sulton juda yoqadi”, dedi rossiyalik ijrochi Grigoriy Leps. 

Konsert davomida “Nur-Sultan Music Awards 2019” xalqaro musiqa festivalining barcha taniqli ishtirokchilari qimmatbaho haykalchalar bilan taqdirlandilar. 

Musiqiy festivalni tomosha qilish uchun zalga 11 578 kishi to‘plangan.  

Eslatib o‘tamiz, xonanda Shahzoda O‘zbekistondagi ilk prodyuserlik markazlaridan bo‘lgan "Tarona records"ning eng muvaqqiyatli loyihalaridan biri sanaladi. Xonanda prodyuserlik markazi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshevga turmushga chiqqan. Ularning bir nafar o‘g‘il farzandlari bor. Shahzoda nomi ostida ijod qiluvchi Zilola Musayevaning birinchi turmushidan bir nafar farzandi bor. 

Xonanda bundan bir necha yil avval O‘zbekistonda norasmiy taqiqda bo‘lgan. Buni o‘sha vaqtlardagi davlat rahbarining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan bog‘lashadi. O‘zbekistonda Shahzodaga cheklovlar o‘rnatilgach, xonanda Rossiyaga borib ijod qilishni boshlaydi va ko‘plab muvaqqiyatlarga erishadi. 

U Prezident farmoniga ko‘ra, "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shahzoda

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing