Shahzoda Garri va Meganning uyi oldidan odam suyagi qoldiqlari topildi

Olam

image
Britaniya qirollik oilasi qisqartiriladi. Garri va Megan “uchishi” mumkin north_east

Britaniya qirollik oilasi qisqartiriladi. Garri va Megan “uchishi” mumkin

Sasseks gersogi shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklga tegishli uy yonidan odamning suyak qoldiqlari topildi. Bu haqda Britaniyaning “Daily Mail” nashri yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, suyaklarni landshaft dizayni bilan shug‘ullanadigan ishchilar topgan. Inson suyaklari gersoginya Megan va gersog Garriga tegishli bo‘lgan uydan atiga bir necha metr naridan topilgan.

Ma’lum qilishinicha, Megan va Garri AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan ushbu uyni o‘tgan 2020 yili rossiyalik tadbirkor Sergey Grishindan 15 million AQSH dollariga sotib olgan. 

Kaliforniyaning Montesito shahri uchun g‘ayrioddiy bu topilma juda qadimiy bo‘lib chiqqan: antropologlar bu suyak qoldiqlarini ushbu hududda 11 ming yil oldin yashagan “Chumash” qabilasi vakillariga tegishli degan xulosaga kelgan.

Megan va Garri yashayotgan uyning obro‘li rayonda joylashgani va mashhur qo‘shnilarning mavjudligiga qaramay ushbu hududni tinch deb bo‘lmaydi. Qo‘shnilarning shikoyat qilishicha, aynan qirollik oilasi vakillarining ko‘chib kelganidan so‘ng, ushbu hududga tashrif buyuruvchi turist va mehmonlarning soni ham otrgan. 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir necha oy ichida Megan va Garri 9 marotaba politsiya chaqirishga majbur bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Garri “The U.S. Sun” ga bergan intervyusida onasi, malika Dianadan judo bo‘lgandan so‘ng giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgani hamda “Armchair Expert with Dax Shepard” podkastida qilgan chiqishida qirollik hayotini hayvonot bog‘iga o‘xshatishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing