Britaniya qirollik oilasi qisqartiriladi. Garri va Megan “uchishi” mumkin
Olam
−
27 aprel 2021
6153Buyuk Britaniya valiahd shahzodasi Charlz qirollik oilasi a’zolari sonini qisqartirmoqchi. Ro‘yxatga shahzoda Garri va Megan Markl ham kirishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” xabar qildi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, qirollik oilasida faqatgina shahzoda Charlz, Kornuoll gersoginyasi Kamilla, shahzoda Uilyam, Kembridj gersoginyasi Keyt Middlton, shahzodalar Jorj, Luis va malika Sharlotta qoladi.
Valiahd shahzoda Charlz o‘g‘li Uilyam bilan otasi Filipp vafotidan so‘ng qirollik oilasini qisqartirishni muxokama qilgan.
Agar "qisqartirish" amalga oshsa, qirollik oilasidagi boshqa insonlarga ham “ish topish” tavsiya qilinadi. Ular hattoki, unvonlar va saroy ko‘magidan ham mahrum etilishi mumkin. Qirollik biografi Anjela Levinga ko‘ra, oiladan shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan ham chetlatilishi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, yakuniy qaror shahzodalar Charlz va Uilyam muzokaralaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Bu ishlarning barchasi iqtisod uchun. Ya’ni shahzoda Charlz shu yo‘l bilan aholini Qirollik oilasini ta’minlaydigan katta soliqlardan asrash niyatida.
Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filipp 9 aprel kuni vafot etib, 17 aprelda Vindzor qal’asidagi Avliyo Georgiy ibodathonasida dafn etildi.
Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Opra Uinfriga bergan mojaroli intervyusida to‘ylarining rasmiy marosimidan uch kun oldin yashirincha turmush qurishgani, qirollik oilasining ba’zi a’zolari ularning o‘g‘li Archining qoramag‘iz bo‘lib tug‘ilishidan xavotirda bo‘lgani, bolaga shahzoda unvoni berilmagani, Britaniya tabloidlari Meganni ta’qib qilgani, Megan o‘z joniga qasd qilishni o‘ylagani haqida gapirib bergandi.
Shundan so‘ng, rasmiy maqom va vazifalardan voz kechgan shahzoda Garri va uning rafiqasining qirollik oilasi bilan munosabatlari yanada sovuqlashdi.

Bokirxon Qosimxonov
LiveBarchasi