Shahzoda Charlz hid va ta’m bilish sezgisini bir umrga yo‘qotdi

Olam

image

Joriy yilning 25 mart kuni Buyuk Britaniya qirolligi taxt vorisi shahzoda Charlzda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Unda yengil alomatlar kuzatildi. 

Shundan so‘ng, 30 mart kuni 71 yoshli shahzoda koronavirusdan davolanib, izolyatsiyadan chiqdi. Ammo unda ayrim asoratlar butun umrga qoldi. U koronavirus infeksiyasidan so‘ng davom etadigan alomatdan shikoyat qilgan. Bu haqda “BBC News” xabar bermoqda.

Ta’kidlanganidek, tiklanishdan keyin Britaniya taxti vorisining hid va ta’m bilish sezgilari tiklanmagan. Uels shahzodasi Gloster shahri kasalxonasiga tashrifi chog‘ida tibbiyot xodimlari bilan hozirgi ahvolini muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, 71 yoshli Uels shahzodasi Charlz Filipp Artur Jorj Qirolicha Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li va Birlashgan Qirollikning taxt vorisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahzoda Charl'z

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing