Shahrisabzda 2 ta oliy o‘quv yurtining filiali tashkil etildi
Jamiyat
−
13 iyun 2019
4587O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Mazkur Filiallarda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shuningdek, qaror bilan ushbu Filiallarning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi.
Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.
LiveBarchasi