Shahrisabzda haydovchi tuman IIB YHXB boshlig‘iga pora berayotgan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida haydovchi tuman IIB YHXB boshlig‘i Sh.Otaqulovga 1 million so‘m pora berayotgan qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda. 

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani IIB YHXB YPX katta inspektori A.Haqberdiyev xizmati davomida Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi, 1975 yilda tug‘ilgan O.E. avtomashinani mastlik holatida boshqarganligini aniqlagan va belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Fuqaro O.E. avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga Shahrisabz tumani IIB YHXB boshlig‘i Sh.Otaqulovga 800 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

YHXB boshlig‘i Sh.Otaqulov ushbu holat yuzasidan tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Xodimning bildirgisi asosida, kecha, 5 oktyabr kuni soat 17:30 larda, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.E. pora tariqasida jami 1 000 000 (bir million) so‘m pullarni tuman IIB YHXB boshlig‘i Sh.Otaqulovga ushbu tumanda joylashgan “Shovkat trans” MCHJga qarashli jarima maydonchasida berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shahrisabz

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing