Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 25 noyabr kuni xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga Akrom Isomiddinovich Sulaymonov tayinlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Akrom Sulaymonov 1969 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. U Respublika “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, Shahrisabz shahar hokimi To‘lqin Karimov viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan buyon Shahrisabz shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Senatning joriy yil 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 9-yalpi majlisida Shahrisabz shahri tarixiy markazi UNESCO’ning moddiy madaniy meroslar ro‘yxatidan chiqib ketish xavfi ostida ekani aytilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Sharisabz shahri Akrom Sulaymonov

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar