Shahrisabz shahriga yangi hokim keldi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2023
8909Akamurod Avazovich Uzoqov Shahrisabz shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 27 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri hokimligida apparat yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda viloyat hokimi Murodjon Azimov ham ishtirok etib, sektor rahbarlari va mas’ullar oldida turgan vazifalar va ularning ijrosiga to‘xtalgan.
Yig‘ilishda Akamurod Avazovich Uzoqovga Shahrisabz shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Akamurod Avazovich Uzoqov shu vaqtgacha Shahrisabz shahri hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
2020 yil noyabrdan buyon Shahrisabz shahriga rahbarlik qilib kelayotgan Akrom Sulaymonov Dehqonobod tumani hokimi sifatida ish boshlagani sabab vazifasidan ozod etilgandi.
LiveBarchasi