Shahram Parijni “zabt eta oladimi?”
Sport
−
05 fevral 2022 3224 2 daqiqa
Bugun, 5 fevral kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo‘yicha joriy yil hisobidan birinchi “Katta Dubulg‘a” turniri start oladi. Mazkur musobaqa ikki kun: 5-6 fevral kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Toshkent vaqti bilan 14:30 dan boshlab kunduzgi dasturlar efirga uzatila boshlanadi.
Parijdagi musobaqalarda 5 nafar sportchi bilan qatnashayotgan O‘zbekiston termasi vakillaridan -60 kg vaznda Dilshod Baratov hamda -73 kg vazndagi O‘zbekiston chempioni Shahram Ahadov bugungi bahslarda tatamiga chiqadi.
“B” guruhidan joy olgan Dilshod 2-raundda ancha jiddiy raqib – yaponiyalik Ryuji Nagayamaga qarshi bahs olib boradi. Nagayama dunyo reytingida 18-o‘rinni, Baratov esa 111-o‘rinni band etishgan.
Shahram Ahadov ham “B” guruhidan joy olgan. U 1-raundda amerikalik Jek Yonezukaga qarshi tatamiga chiqadi. Shahram dunyo reytingida 181-o‘rinda bo‘lsa, 18 yoshli raqibi esa 107-o‘rindan joy egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Musobaqa umumiy sovrin jamg‘armasi 154 000 yevronni tashkil etgan mazkur musobaqada 52 mamlakatdan 290 nafar sportchi qatnashadi. Shulardan 157 nafari erkak sportchilar bo‘lsa, 133 nafarini ayollar tashkil etadi.
O‘zbekiston terma jamoasi qolgan vakillarining raqiblari quyidagicha:
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev - Kim Jong Xun (Janubiy Koreya)/ Elliot Konnoli(Yangi Zelandiya);
-90 kg: Davlat Bobonov - Kevin Budan (Kamerun)/Jion Ji Von (Janubiy Koreya);
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev - Nikoloz Sherazadashvilli (Ispaniya)/ Sedrik Olivar (Fransiya).
Navro‘zbek Mamaziyoyev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr