Shahram G‘iyosovning chempionlik jangi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin
Sport
−
04 noyabr
4702O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov va litvalik Eymantas Stanionis o‘rtasidagi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jangining O‘zbekistonda o‘tkazilishi ehtimoli bor. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda WBA chempionlik kamari uchun kechadigan ushbu jangni O‘zbekistonda o‘tkazish uchun promouterlar muzokaralarni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘iyosovning chempionlik jangi uchun promouterlik savdosi e’lon qilingani xabar qilingandi.
8 noyabr kuni G‘iyosov – Stanionis jangi uchun promouterlik savdosi o‘tkaziladi. Agar tomonlar shu kuni kelisha olmasa, promouterlar uchun ochiq savdo e’lon qilinadi.
LiveBarchasi