Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda
Jamiyat
−
15 avgust 2023 4857 1 daqiqa
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, keyingi vaqtlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qurilish sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarga zid ravishda ko‘p holatda qurilishga ruxsat berish, rekonstruksiya qilish, vaqtinchalik bino-inshootlar qurishga ruxsat berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
Shuningdek, qonunchilikka nomuvofiq tarzda yer uchastkasi ajratish holatlari ham uchramoqda. Normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish hamda huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash zarurati O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi.
“Mazkur hujjat bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qurilish sohasiga oid ularga xos bo‘lmagan ayrim vakolatlari tugatiladi. Qonun loyihasining qabul qilinishi arxitektura va qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasida amaliyotda kuzatilayotgan mavjud muammolarni, normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklarni va ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr