Shaharlararo qatnovga ikkita yangi tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Shaharlararo temiryo‘l qatnovini yaxshilash va yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, aholining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2019 yil 18 maydan boshlab, yangi 6427- hamda 6428-sonli Toshkent-Xo‘jakent-Toshkent shaharlararo tezyurar poyezd harakatini yo‘lga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, qatnovlar haftaning shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Salar” temir yo‘l bekatidan (Mo‘ljal: “Pushkin” metro bekati) poyezd ertalab soat 06:43da yo‘lga chiqib, Xo‘jakentga soat 08:01da yetib boradi. “Xo‘jakent” stansiyasidan soat 18:13 harakatlangan poyezd soat 19:31da “Salar” bekatiga yetib keladi.

Yo‘lovchilar uchun yana bir afzallik - mazkur tezyurar poyezd yo‘l davomida hech qanday oraliq bekatlarga to‘xtamaydi. Bu esa manzilga tez yetib borishga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing