Shahar meri hibsga olindi
3-sahifa
−
27 dekabr 2023 21406 1 daqiqa
Huquq-tartibot xodimlari Rossiya Federatsiyasining Kurgan shahar meri Yelena Sitnikovani hibsga oldi. Bu haqda “Izvestiya” manbasi xabar berdi.
Ayni paytda Sitnikova faoliyat yuritgan shahar hokimligida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olish 2023 yil bahorida Kurgan viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Sitnikova 2021 yil 7 iyuldan boshlab Kurgan shahar dumasi qarori bilan viloyat markazini boshqargan. Bungacha u Kurgan rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan va ijtimoiy siyosat bo‘limini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi “Roskosmos” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Oleg Frolov va uning ikki sherigi o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Live
Barchasi