SHHTga a’zo davlat rahbarlari Nyu-Dehlidagi sammitga bormaydi. Nima uchun?

Olam

image

Joriy yilning 4 iyul kuni Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti Hindiston Poytaxti Nyu-Dehlida virtual formatda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Hindistonning tarixda ilk bor SHHTga raisligi doirasidagi 23-sammit onlayn formatda bo‘lib o‘tadi. “The Hindu” nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, sammitning onlayn shaklga o‘tkazilishiga tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining ish jadvali bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Xitoy va Pokiston rahbarlari sammitda qatnashishini tasdiqlamagani hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining ish jadvali “juda tig‘iz” ekani ham sammit formatining o‘zgarishiga asos bo‘lgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ishtirokiga esa 30 may kuni Moskvaga amalga oshirilgan dron hujumi xalal bergan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Sammitda videokonferensaloqa vositasida ishtirok etish uchun tashkilotga a’zo barcha davlatlar – Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari taklif etilgan. Shuningdek, Eron, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat sifatida sammitda qatnashadi. SHHT an’anasiga ko‘ra, Turkmaniston ham mehmon sifatida chaqirilgan.

Ma’lumot uchun, bugungacha SHHT sammiti faqat ikki marotaba onlayn formatda o‘tkazilgan. Sammit 2020 yilda Rossiya raisligida COVID pandemiyasi tufayli virtual tarzda o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yilda Tojikistonda gibrid rejimda amalga oshirilgan – ba’zi davlat rahbarlari masofadan ishtirok etgan. O‘tgan yili Samarqandda o‘tkazilgan sammitda esa tashkilotning barcha a’zolari yana yuzma-yuz uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT sammiti N'yu-Dehli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing