SHHT Yevrosiyodagi muhim kuch markazi – Rossiya mulozimi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkiloti Rossiya, Xitoy, Hindiston va mintaqa davlatlarini birlashtirgan Yevroosiyodagi asosiy kuch va iqtisodiy o‘sish markazlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Rossiya To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev Bishkekda jurnalistlarga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Dmitriyev SHHT sammitida ishtirok etayotgan Rossiya delegatsiyasi tarkibida Qirg‘iziston poytaxtiga borgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bir necha yildan beri SHHTga a’zo davlatlar bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 800 milliard rubldan ortiq bo‘lgan 50 dan ziyod loyiha amalga oshirilgan.

Ushbu loyihalar qatorida Amur daryosi orqali qurilgan ko‘prik, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti hamda Moskvadagi Bagration xiyoboni loyihasi bor.

Dmitriyev Rossiya va Hindiston o‘rtasida investitsiyaviy hamda texnologik hamkorlik ham rivojlanayotganini ta’kidlagan.

“SHHTning ko‘lami Bishkekda muhokama qiladigan yangi qo‘shma loyihalar uchun ham, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish uchun ham katta imkoniyatlar ochadi”, degan u.

RFPI rahbari sammit kun tartibida energetika va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari muhim o‘rin tutishini ham aytib o‘tgan.

“Rossiya bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoda muhim o‘rin tutadi. Masalan, o‘tgan yili Rossiyaning SHHT davlatlariga oziq-ovqat yetkazib berish hajmi 17 foizga oshdi”, degan Dmitriyev.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining 25 yilligiga bag‘ishlangan sammit rasman start oldi. Sammitda SHHTga a’zo barcha 10 davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing