Sevastopoldagi Rossiya Qora dengiz flotiga dronlar hujum qildi
Olam
−
29 Oktabr 2022
14422Sevastopol ko‘rfazi va unda joylashgan Rossiya Qora dengiz flotining kemalari 29 oktyabr kuni uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga uchradi. Bu haqda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopol “gubernatori” Mixail Razvojayev ma’lum qildi, deb xabar berdi DW.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum ertalab soat 4:30da boshlangan va bir necha soat davom etgan, natijada barcha dronlar urib tushirilgan. Bundan tashqari, rossiyalik harbiylar ko‘rfaz suvlarida yer usti uchuvchisiz samolyotini yo‘q qildi, deb yozadi Razvozjayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Sevastopol kasb-hunar kolleji yotoqxonasida “baland ovozdan” deraza oynasi yorilib ketgan, biroq hech kim jabrlanmagan.
Shu bilan birga, Ukrainaning UNIAN agentligi Sevastopol aholisiga tayanib, soat 5:00 atrofida “omborga zarba berilgan” deb xabar berdi.
Sevastopol ko‘rfaziga dron hujumi va qator portlashlardan so‘ng u yerda shaharning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘lovchi o‘tish joyi to‘sib qo‘yilgan. Hozir ular orasidagi aloqa faqat avtobuslar orqali amalga oshirilyapti, qayiqlar va yaxtalar bormayapti.
LiveBarchasi