Britaniya floti dengizda atom suvosti kemalarisiz qoldi
Olam
−
28 iyun 4750 1 daqiqa
Buyuk Britaniya floti dengizda birorta ham ko‘p maqsadli atom suvosti kemasisiz qoldi. Bu haqda ochiq ma’lumotlarga tayanib, “UK Defence Journal” xabar berdi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Qirollik flotining jangovar shay holatdagi suvosti kemalaridan hech biri patrullik xizmatida emas. Xususan, qurolli kuchlar ixtiyorida bo‘lgan “Astute” klassidagi barcha suvosti kemalari uzoq vaqt davomida suvdan tashqarida bo‘lganidan keyin, Klayd daryosidagi Fasleyn bazasida faol bo‘lmagan holatda turibdi. Qolgan ikkitasi esa mamlakatdagi yagona verf – Devonportda uzoq muddatli texnik xizmatdan o‘tmoqda. Chunki faqat shu yerdagina bunday suvosti kemalarini ta’mirlash imkoniyati mavjud.
Nashr ko‘p maqsadli suv osti kemalari Shimoliy Atlantikada Rossiya flotini yashirin kuzatish uchun eng muhim vosita ekanligini alohida qayd etgan. Bundan tashqari, ular strategik raketa tashuvchilarni himoya qilish uchun zarur, chunki Britaniya flotida faqat ulargina “Tomahawk” qanotli raketalarini uchirishga qodir.
Birlashgan Qirollik Mudofaa vazirligi nashrga suvosti flotining holati yuzasidan izoh berishni rad etgan bo‘lsa-da, mamlakat hududiy suvlari boshqa vositalar bilan himoyalanganini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi