Seulda komaga tushib qolgan o‘zbekistonlikka 157 000 dollar badal puli to‘landi
Jamiyat
−
30 may 2019
6533Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi Seul shahrida ishlab chiqarish жараёнида baxtsiz hodisaga uchragan Abram Oqilovga sug‘urta badali berishni boshladi.
29 aprel holatiga ko‘ra, shifoxona xarajatlari va mehnat layoqati yo‘qotilgani uchun sug‘urta kompaniyasi tomonidan 157 000 AQSH dollari miqdorida badal puli va 2018 yil iyulидан noyabrgacha bo‘lgan ish haqining 70 foizi to‘landi.
Bundan tashqari, Abram Oqilovning akasiga Koreyada bo‘lgan davri uchun sarflagan xarajatlarini qoplash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Ayni paytda Abram Oqilovni O‘zbekistonga transpartirovka qilish uchun shifoxonaning chiqish ruxsatnomasini berishi kutilmoqda. Ruxsatnoma olinishi bilan bemor O‘zbekistonga olib kelinadi.
Ma’lumot uchun, Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Бандлик va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va 2018-yilning 27-iyul куни komaga tushib qolgan edi.
LiveBarchasi