Seul Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
26 dekabr 2023
4407Janubiy Koreya Rossiya va Belarusga tekin eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini 682 nomga kengaytirdi. Bu haqda mamlakat Savdo, sanoat va energetika vazirligi xabar berdi.
Endi ular bilan savdo qilish uchun hukumatdan maxsus ruxsat talab qilinadi. Shunday qilib, Rossiya va Belarusga olib chiqish taqiqlangan strategik ahamiyatga ega tovarlar toifalarining umumiy soni 1159 taga yetdi.
Cheklovlar orasida, xususan, og‘ir qurilish texnikasi, akkumulyatorlar, metallga ishlov berish dastgohlari, samolyot qismlari, yangi avtomobil modellari, konditsionerlar, atom energetikasi va yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar kiradi.
Seul yanvar oyidan boshlab yangi cheklovlar joriy qilishni rejalashtirmoqda.
“Yangi cheklovlar 2024 yil boshidan kuchga kirishi kerak – tegishli ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilgan va eksportchilarga hukumat tavsiyalari berilgandan keyin”, deyiladi Savdo vazirligi bayonotida.
Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligining qayd etishicha, eksport nazoratini kuchaytirish Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi uchun sanksiya hisoblanadi.
LiveBarchasi