Serjantlar tayyorlash maktabiga kiritib qo‘yish uchun 12 ming dollar so‘raganlar ushlandi
3-sahifa
−
16 iyun 2021
4356Toshkent shahrida serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.N. va D.N. oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.ni IIV Akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish masalasini 12 ming AQSH dollariga hal qilib berishga kelishib, shundan 6 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi