Serxio Ramosning “el-klasiko”dagi debyutlari
Sport
−
02 mart 2019
4531Serxio Ramos 20 yoshida “Sevilya”ni tark etib, Madridning “Real” klubi safini to‘ldirgan edi.
U paytlarda uzun mallasoch bo‘lgan “el-kapitano” dastlab, himoyaning o‘ng qanotida harakatlanar edi. Ramos “Real” tarkibida “Barselona”ga qarshi 2005 yilning 20 noyabrida Madridda to‘p surgan. Qayd etish zarurki, futbolchining “el-klasiko”dagi debyuti “Real” uchun qora kun sifatida tarixga muhrlangan. O‘sha kuni madridliklar kataloniyaliklarga o‘z uyida 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan. O‘sha bahsda “Barselona” tarkibida to‘p surgan futbol afsonasi Ronadinoni “Santiago Bernabeu”ga yig‘ilgan “Real” muxlislari olqishlar bilan kuzatib qo‘yishgan edi.
Serxioning “Real” safida “Barselona” darvozasiga gol kiritgan ilk o‘yinini esa “qirollik klubi” muxlislari umuman eslashni xohlashmaydi. Chunki o‘sha bahsda ham “Real” futbolchilari o‘z uyida mag‘lubiyatga uchrashgandi. Hisob esa madridliklar uchun dahshatli ko‘rinish hosil qilgan – 2:6.