Sergelining 12 ta hududida suv o‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Sergeli tumanining 12 ta hududida ichimlik suvi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab THAY (Toshkent halqa avtomobil yo‘li)dan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida hajmi D-300mm va D-1000mm quvurlarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 29 iyun kuni soat 22:00 dan ertaga, 30 iyun kuni soat 12:00 ga qadar ichimlik suv ta’minoti to‘xtatiladi. 

Quyidagi hududlarda suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

•  “Ziyokor” mahallasi;

•  “Nomdanak” mahallasi;

•  “Qorasuv” mahallasi, poliklinika;

•  “Taraqqiyot” mahallasi;

•  “Xonobod” mahallasi, maktab va 17 ta ko‘pqavatli uylar;

•  “Qushbegi” mahallasi;

•  “Xonobodtepa” mahallasi, hokimiyat 1-setor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va ishlab chiqaruvchi korxonalar;

•  “Quruvchilar” mahallasi, maktab va bog‘cha;

•  “Daryo bo‘yi” mahallasi, maktab, bog‘cha, OBD qozonxona, o‘t o‘chirish bo‘linmasi, qabriston, ko‘pqavatli uylar va ishlab chiqaruvchi korxonalar;

•  “Fayzli” mahallasi, bog‘cha;

•  “Jaloir” mahallasi;

•  “Qipchoq” mahallasi va masjid.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing