Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
28 Sentabr
6713Sergeli tumanidagi omborda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish ishlariga FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi. Dastlabki o‘rganish ishlariga ko‘ra 15 ming kv.m omborxona maydonida yong‘in o‘chirilib, 30 ming kv.m maydoni saqlab qolindi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 02:48 da yong‘inga yetib borib, tezkor harakatlar natijasida, soat 05:02 da yong‘in qurshab olingan va soat 10:47 da batamom o‘chirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatni o‘rganish, ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgan.
Yong‘in joyiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Abdulla Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning rahbarlari chiqqan.
Voqea joyida tegishli tashkilot va xizmatlar hamkorligida tezkor Shtab tashkil etilgan.
“Vaziyat to‘liq nazoratga olinib, hozirda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan hamkorlikda olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.
LiveBarchasi