Sergelidagi yong‘in ortidan hukumat komissiyasi tuzildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

“Toshkent shahri Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan favqulodda hodisani o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi”, deydi u.

Bildirilishicha, Komissiya tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sergeli hukumat komissiyasi Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing