Sergelidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 19:33 da Sergeli tumani Sergeli 4-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar qilingan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:38 da voqea joyiga yetib borgan va soat 19:56 da yong‘in o‘chirilgan.

Aniqlanishicha, aytilgan manzilda 15 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib, zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi 208-maktab hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in vaqtida maktab xodimlari va o‘quvchilar bo‘lmagan. Hodisa oqibatida hech kim tan-jarohati olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Sergeli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing