Toshkentdagi maktabda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 13 oktyabr kuni Toshkent shahridagi 208-maktab hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 17:23 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 112 tizimi orqali Mirzo Ulug‘bek tumani, “Shukur Burhonov”, MFY Doniyor ko‘chasida joylashgan 208-maktab hududidagi ta’mirlanayotgan bo‘sh binoning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:28 da yetib borib, yong‘in soat 17:39 da qurshab olingan hamda soat 17:42 da bartaraf etilgan.

“Yong‘in vaqtida maktab xodimlari va o‘quvchilar bo‘lmagan. Hodisaning sababi ta’mirlash ishlari vaqtida yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganlikdan deya taxmin qilinmoqda, zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Jondor tumanida yangi qurilgan klinika yonib ketgan edi.  Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing