Toshkentdagi qurilish ishchilari o‘rtasida yuz bergan janjal sababi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanidagi qurilish ishchilari ishtirokidagi janjal videosi tarqaldi. Toshkent shahara IIBB mazkur janjal tafsilotlarini ochiqladi.

Unga ko‘ra, 16 iyul kuni soat 19:09 da “102” raqamiga Sergeli tumani Yangi Choshtepa massivi qurilish maydonchasining yopiq hududida bir nechta erkaklar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga mazkur tuman IIO FMB xodimlari yetib kelishgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, janjal 28 yoshli qashqadaryolik O‘lmasbek M. va andijonlik 30 yoshli Mansurbek K. o‘rtasida, qurilish asboblari sababli yuzaga kelgan. Janjalga boshqa ishchilar ham qo‘shilganlar.

Hozirgi vaqtda ularning shaxslari aniqlanmoqda. Kelishmovchilik natijasida hech kimga tan jarohatlari yetmagan. 

Shu bilan birga, hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijasiga ko‘ra hodisaning barcha ishtirokchilarining hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Qurilish ob’ekti ishchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal qurilish

Baholaganlar

887

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing